Senatorlar Qonunni rad etdi

Oliy Majlis Senati beshinchi yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala – “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi.

Qonun normalarini to‘liq ochib bermaslik va amalga oshirish mexanizmlarini aks ettirmaslik huquqiy ziddiyatlar hamda suiiste’molchiliklarni keltirib chiqarishi, byurokratik tartib-taomillarni kuchaytirishi, qonunlarni chetlab o‘tishga qaratilgan ko‘plab qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu jihatdan senatorlar tomonidan Qonunni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi Oliy Majlis Senatining axborot xizmati.