Shaxmatchilarimiz bugungi bahslarni g‘alaba bilan boshladi
Bugun Samarqanddagi FIDE rapid bo‘yicha jahon chempionatining hal qiluvchi kuni o‘tkazilmoqda.
Bahslarning 10-turida shaxmatchilarimiz Jahongir Vohidov niderlandiyalik Van Forrestni, Nodirbek Abdusattorov Ispaniya vakili Maksim Chigayevni, Javohir Sindjrov esa Xalqaro neytral sportchi Savva Vetoxinini mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi 9-raund bellashuvlari ham sportchilarimiz uchun omadli o‘tdi. Faqat bu turda qizlar o‘rtasida eng yaxshi natija qayd etib turgan Afruza Hamdamova durang o‘ynadi.
- Samarqandda jahonning eng kuchli shaxmatchilari jam bo‘lgan, - deydi shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida ilk jahon chempioni Afruza Hamdamovaning otasi hamda ustozi Akbar Hakimov. - Bu chempionat shaxmatchilarimiz uchun katta tajriba ham bo‘ladi. Afruza hali yosh, shunga qaramay, musobaqada o‘zini ko‘rsatyapti. U rapiddan ko‘ra blits yo‘nalishida yaxshiroq o‘ynaydi. Ishonamanki, ushbu nufuzli musobaqada yaxshi o‘yin ko‘rsatadi.
Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida jahon chempionatini respublikamizning barcha hududlaridan kelgan yosh shaxmatchilar va shaxmat ixlosmandlari kuzatib bormoqda, shuningdek, o‘zlari ham tajriba almashmoqda.
Ayni paytda rapid yo‘nalishining 11-turi davom etmoqda.