Shenchjenda osmono‘par bino chayqalishni boshladi, 15 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Xitoyning Shenchjen shahrida deyarli 300 metr balandlikdagi osmono‘par bino yana chayqala boshladi, yuqori qavatdagi odamlardan chiqib ketish so‘raldi, deb yozmoqda xitoylik ommaviy axborot vositalari.

291 metr balandlikdagi SEG Plaza minorasi 18 may kuni mahalliy vaqt bilan peshin vaqtida chayqala boshladi. O‘sha paytda binoda 15 mingga yaqin odam bo‘lgan, ular 90 daqiqa ichida evakuatsiya qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joydan videotasvirlar tarqaldi. Unda olomon orqaga qarab, hayratomuz binodan qochayotgani aks etgan.

Tekshiruvdan so‘ng mahalliy hukumat osmono‘par binoning tebranish, siljish va cho‘kishi ko‘rsatkichlari qabul qilinadigan me’yorda ekanligi, mutaxassislar binoning asosiy tuzilishi va bino atrofida anomaliya topilmagani va bino xavfsizligi aniqlandi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 20 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 yuqori qavatlardagilar yana vahimaga tushishdi. Binoda ishlaydigan xodimlar tomonidan taqdim etilgan videolarda ventilyatorlar, akvariumda suv chayqalayotgani aks etgan. Yarim soat o‘tgach, ma’muriyat yuqori qavatdagi odamlarni pastga tushishini so‘rashgan.

SEG Plaza – dunyodagi eng yirik elektronika bozori hisoblangan gavjum Xuatsyanbey savdo hududida joylashgan. Binoda turli mahalliy kompaniya ofislari va ko‘p qavatli elektronika savdo markazlari joylashgan.