Shifokorlarga viloyat qon quyish markazida mahorat darslari o‘tkazilmoqda
Viloyat qon quyish markazida barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining akusher-ginekolog, jarroh, vrach-laborant hamda transfuziolog mutaxassislari uchun mahorat darslari o‘tkazilyapti.
- Zamonaviy tibbiyot rivojlangani sari qon quyish sohasida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda,- deydi viloyat qon quyish markazi bosh shifokori Rofe Aliyev. – Bu esa tibbiyot muassasalari xodimlarining qon quyish va yig‘ishda beg‘araz donorlikni targ‘ib qilish va sifatini ta’minlash borasidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib turishlarini taqozo etmoqda. Shu sababli mahorat darslarida mutaxassislarning malakasi va tajribasini oshirish, zamonaviy qon qo‘yish tizimi, shuningdek, ish jarayonida o‘z xavfsizliklarini ham ta’minlashlari lozimligini uqtiryapmiz.
Joriy yilning 4 mayiga qadar davom etadigan 36 soatlik mahorat darslari har bir mutaxassislik bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Dilmurod TO‘XTAYEV.