Sh.Karimovga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi
- 11.11.2020 15:45
- 1090
- Jinoyat va jazo
2020 yil 12 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida Sh.Karimov (1985 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Sh.Karimov o‘zining turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 110 (qiynash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Z.Ahmedova raisligida ko‘rib chiqiladi.
Teglar:
kaltaklangan ayol
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa