Xotinini qiynoqqa solgan ayblanuvchining himoyachisi sud jarayonida jurnalistlarning ishtirok etishini nega istamadi?

Xabaringiz bor, 2020 yil 12 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida xotinini do‘pposlab, tagliklarni yeyishga majbur qilgan Sh.Karimov (1985 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha birinchi eshituv bo‘lib o‘tdi. Ayblanuvchi 36 yoshli Sh.Karimovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105-moddasi (qasddan o‘rtacha badanga zarar yetkazish) va 110-moddasi (qiynoqqa solish) bilan ayblov qo‘yilgan.

Jinoyat ishi sudya Z.Ahmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sud jarayoni ochiq bo‘lishi haqida xabar berilganiga qaramasdan, sudlanuvchining himoyachisi jurnalistlarning jarayonni kameraga olishi va sudda sodir bo‘layotgan voqealarni yoritishiga ruxsat berilganiga qat’iy e’tiroz bildirdi.

Ammo sud jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida sudya ommaviy axborot vositalari vakillariga sudda ishtirok etishga va sud jarayonini yozma, stenogramma shaklida qayd etishga ruxsat berdi.

Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayolning himoyachisi, sudlanuvchining advokati sud jarayonining yoritilishi yuzasidan o‘z fikrini bildirishga haqli ekanligini va yakuniy qarorni sud hal qilishini ma’ulum qildi. 

Ikkinchi eshittiruv keyingi haftaga rejalashtirilgan.

Hozircha sudlanuvchini qanday jazo kutayotgani ma’lum emas.