Si Szinpin dunyoning 20 ta yetakchisi bilan uchrashuv e’lon qildi, ular orasida O‘zbekiston ham bor

Pekindagi XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Xitoy yetakchisi Si Szinpin 20 dan ortiq dunyo yetakchilari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti bilan katta uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Prezident Si Szinpin 4-6 fevral kunlari «Pekin-2022» qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi hamda xorijiy davlat rahbarlari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari uchun tantanali ziyofat beradi”, deyiladi e’lon.

Shuningdek, Pekindagi Olimpiada ochilishini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, O‘zbekiston, Turkmaniston, Singapur, Misr, Polsha, Serbiya, Argentina va Ekvador rahbarlari kutib olishadi. Shuningdek, turli mamlakatlar hukumat a’zolari ham kutilmoqda.

14 yanvar kuni Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilishidan so‘ng darhol Rossiya va Xitoy sammiti bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Sammitda Rossiya tomonidan prezident Vladimir Putin va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Xitoy tomonidan esa Xitoy Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Si Szinpin va tashqi ishlar vaziri Van I ishtirok etadi.