Sirdaryoda prokuror cho‘kayotgan qizni kanaldan qutqarib qoldi

Sirdaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i “Do‘stlik” kanalida cho‘kayotgan maktab o‘quvchisini qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

 Kanal orqali o‘tish chog‘ida prokuratura xodimi yordam so‘rab qichqirgan ovozni eshitib, o‘zini suvga otgan va cho‘kayotgan qizni qirg‘oqqa olib chiqqan.

 Qutqarilgan qiz Guliston shahridagi maktablardan birida 10-sinfda o‘qiydi: unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.