Sport zali bo‘lmagan maktablarda “Jismoniy tarbiya“ fani soatlari qisqartiriladi

Sport zali mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 1-11-sinflarida qishki davrda “Jismoniy tarbiya“ fani darslari haftasiga 2 soatdan 1 soatga kamaytiriladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘jallangan
tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘ida qayd etilgan.

Respublika Hisob palatasining 2020 yil 24 fevraldagi 13/2-309-sonli ko‘rsatmasiga muvofiq, “Jismoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar
quyidagicha taqsimlanadi:

Sport zali mavjud bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida “Jismoniy tarbiya” fani qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylarida 1-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;

Sport zali mavjud bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida “Jismoniy tarbiya” fani qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylarida 1-11-sinflarda mavzular fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.