Sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan toshkentlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi
Poytaxtimizning Uch tepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28 mayida “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi.
Bundan avval 76 yoshli (erkak) ushbu bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.
31 may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.
Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko‘rsatilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.