Surxondaryoda paxta topshirish bilan bog‘liq "uddaburonlik"ka munosabat bildirildi

Surxondaryo viloyati hokimligi kecha, 7 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Surxondaryolik fermerlar paxta rejasini bajarish bo‘yicha "uddaburonlik" qildilar. Qabul punktiga kelgan pritsepdagi paxta ichidan 10 kishi chiqdi” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

"Videolavhada namoyish etilgan holat shu kunning o‘zida tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mavsum boshidan buyon viloyatdagi mavjud paxta qabul qilish punktlarining birortasida  tirkamasi (pritsepi) raqami 4512 bo‘lgan traktor qabul qilinganligi, traktorlar tirkamasiga ortilgan paxta ichidan odam tushib kelishi holatlari aniqlanmadi.

Ushbuni inobatga olib, viloyat hokimligi videolavhada aks etgan holat Surxondaryoda bo‘lganligini qat’iy rad etadi".