Tadbirkordan 16 000 AQSh dollar talab qilgan maktab direktori qo‘lga tushdi
- 19.11.2019 10:11
- 437
- Jinoyat va jazo
Navoiyda tadbirkorning 16 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navbahor tumanidagi 12-umumta’lim maktabi direktori A.O. xususiy korxona rahbari S.H.dan tuman hokimligi orqali granit qazib olish uchun yer ajratish masalasini hal qilib berish evaziga undan 16 000 AQSh dollari talab qilib, pulning bir qismi sifatida 9 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.O.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa