Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha kredit beriladi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5020-son, 05.03.2021 yil) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali ma’lum qildi.
🏢 Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (Respublika kengashi) tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.
➡️ Respublika kengashi hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshiradi.
📂 Qarorga ko‘ra, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (Jamg‘arma) sifatida qayta tashkil etildi.
💰 Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Jamg‘armaga har yili 300 milliard so‘mgacha miqdorda Davlat byudjeti mablag‘lari ajratiladi.
🏦 Shuningdek, tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida BHMning 150 baravarigacha (36 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda kreditlar beriladi.
🔰 2021 yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga:
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga – 10 milliard so‘mdan;
- otasidan ayrilgan, yolg‘iz onasi qaramog‘ida bo‘lgan, voyaga yetgan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga – 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.