Tadbirkorning manfaati uchun qarzdorlik undirildi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyati hisobidan undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 303 mln. 380 ming so‘m asosiy qarz, 10 mln. so‘m penya, oldindan to‘langan 3 mln. 234 ming so‘m davlat boji va 16 ming so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatining bankdagi asosiy va barcha qo‘shimcha hisob-raqamlariga band solingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatidan undirilmasdan qolgan 207 mln. 586 ming so‘m miqdordagi qarz pullari to‘liq undirilib, undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shundan so‘ng undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rahbariyati ushbu ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarz pullarini to‘liq olganligini bildirib, ijro ishi yurituvini tamomlashni so‘ragan.

Ijro hujjatining ijrosi amalda to‘liq ta’minlanganligi sababli, Qonunning 41-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi tamomlandi.

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi.