“Tadbirkor”ning o‘yinchoqlari savdosiga nega chek qo‘yildi?

Bugun tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun soliq yuki kamaytirilgan. Ammo shunda ham noqonuniy ishlayotgan “tadbirkor”larimiz afsuski, ko‘p.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tadbirkor I.H Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 54-uyda joylashgan do‘konida noqonuniy ravishda bolalar o‘yinchoqlari savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi. Uning do‘konida mavjud jami qiymati 60 million 612 ming so‘mlik bolalar o‘yinchoqlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Dilshod ZAYNIYEV, Viloyati DSB soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi  bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.