Tanqid qilingan ob’yektda ayrim qurilish ishlari qayta bajarildi
Joriy yilning 19 iyun kuni Zarnews.uz cayti va telegram kanalimizda “Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida nega qurilish-ta’mirlash ishlari sust ketyapti?” sarlavhasi ostida maqola berilgan edi.
Maqolada qayd etilgan kamchilik va nuqsonlar yuzasidan mazkur ob’yekt qurilishiga mas’ul «Kaskata bulding» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari S.Uraqov tomonidan munosabat bildirildi:
“Bugungi kunda ob’yektda qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida ishchilar soni 80 nafarga ko‘paytirildi. Qurilish materiallari bilan ta’minlandi va ayrim sifatsiz ishlar qayta bajarildi. Hududni qurilish chiqindilaridan tozalash ishlarining kun davomida olib borilishi ta’minlanmoqda.
“Parviz proyekt servis” MChJ tomonidan ob’yektni mukammal ta’mirlash uchun to‘liq loyiha hujjatlari berildi.
Sinfxonalar va boshqa xonalardagi mebel va boshqa jihozlarni qurilish jarayoniga xalaqit bermaydigan joyga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Ob’yektni o‘z muddatida sifatli bajarib, foydalanishga topshirilishini ta’minlaymiz”.