Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanqiddan so‘ng Spitamen shohko‘chasiga zamonaviy svetofor o‘rnatildi

Zarnews.uz saytida «Foydasi yo‘q «zebra», bordyurga chiqib ketgan mashina» sarlavhali maqola bergan edik. Unda shahrimizning Spitamenshoh ko‘chasidagi Samarqand davlat universitetining 1-yotoqxonasi joylashgan yo‘ldagi zebra chiziqlariga haydovchilarning e’tiborsiz munosabati, natijada yuz berayotgan yo‘l transport hodisalari haqida yozilgandi. Ushbu joyga svetofor yoki videokamera kuzatuvi o‘rnatilishi taklifi berilgandi.

Muallif Dilmurod Ataullayevning xabar berishicha, yaqinda Spitamenshoh ko‘chasiga zamonaviy, piyodalar tomonidan boshqariladigan svetofor o‘rnatilibdi. Bu piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.