Taptortmas tajribachilar: ular o‘z tanasiga elektron qurilmalarni joylashtirishdan qo‘rqmadi

Sizdan minglab kilometr uzoqlikda, boshqa yarim sharda zilzila sodir bo‘layotganini butun vujudingiz bilan his qilishni yoki barcha eshiklar kalitsiz ochilishini istaysizmi? Yoki tyeringiz ostida sirli ravishda svetodiodlar miltillab turishini tasavvur qila olasizmi? Ma’lum bo‘lishicha, dunyoda ana shunday qobiliyatlarga egatavakkalchi odamlar bor ekan.

AdMe.ru oddiy insoniy qobiliyatlar kamlik qilgan, o‘z tanalari ustida tajriba o‘tkazishdan qo‘rqmasdan o‘zlarini tubdan o‘zgartirishga qarorqilgan odamlar haqida hikoya qiladi.

Neyl Xarbisson

Neyl Xarbisson axromatopsiya - ranglarni ajrata olmaslik kasalligi bilan tug‘ilgan. Ushbu kasallik juda kam uchraydi - 33 ming kishiga 1 ta holat. Neyl dunyoni faqat oq va qora rangda ko‘radi. Bolaligida u maktabga bir-biriga mos kelmaydigan paypoq yoki juda yorqin kiyimlarda kelganligi sababli sinfdoshlari uning ustidan kulishgan. Endi Nyeyl o‘zini “kiborg odam” deb ataydi: uning bosh suyagiga turli ranglarni o‘qiy oladigan va ularni malum tovushlar to‘plamiga aylantiruvchi “elektron ko‘z” maxsus qurilma o‘rnatilgan.

Mun Ribas

Raqqosa va xoreograf Mun Ribas o‘zining qo‘liga dunyo bo‘ylab seysmik faollikni aniqlovchi va biror joyda zilzila sodir bo‘lganda tebranishlarni uzatuvchi maxsus chipni tikdi. Munning aytishicha, chip unga sayyoradagi tebranishlarni odamlarga o‘z raqslari orqali yetkazishga yordam beradi. Boshining orqa qismida o‘rnatilgan maxsus datchiklar boshqa raqqosalar unga yaqinlashganda signal beradi.

Qiz, shuningdek, odamlarni kiborgga aylantirish g‘oyasini ilgari suruvchi va protez va implantlarga ega bo‘lganlarga yordam beradigan Cyborg Foundation jamg‘armasining hammuassisi hisoblanadi.

Tim Kennon

Tim Kennon kabi odamlarni "bioxaker"lar deb atashadi. Yigit teri ostiga tana harorati va qon bosimini ko‘rsatib turadigan simsiz kompyuter chipini tikdi. Agar egasi qiyin kunni boshdan kechirgan bo‘lsa, maxsus dastur u ishdan keladigan paytda uyni tayyorlaydi chiroqlar yorug‘ligini pasaytirib, vannani to‘ldirib qo‘yadi.

Kennon odamlarni kiborgga aylantiruvchi qurilmalarni ishlab chiqaradigan Grindhouse Wetware kompaniyasiga asos solgan, u yoritgichli implantlar kelajakda qondagi glyukoza darajasi va yurak xurujini tezda aniqlab, ma’lumotlarni uzatishi va inson hayotini saqlab qolishi mumkinligiga ishonchi komil. Kompaniya, shuningdek, 3D-printerda bosib chiqarish mumkin bo‘lgan sun’iy yurak yaratishni rejalashtirmoqda.

Jerri Jaliava

Xelsinkilik Jerri Jaliava motosiklda kiyik bilan to‘qnashib avtohalokatga uchradi va barmog‘ining bir qismidan ajraldi. Endi dasturchi noodatiy qurilma – USB-barmoq egasi: u oddiy protezga 2 gigabaytlik flesh-diskni joylashtirdi. Jerri qurilmadan nihoyatda mamnun: bunday fleshka juda qulay va u hech qachon yo‘qolmaydi.

Rob Spens

Kanadalik Rob Spens 9 yoshida jarohat olib, bir ko‘zidan ayrilgan. Ulg‘aygach Rob rejissyor kasbiga ega bo‘ldi va videokamera orqali g‘ayrioddiy ko‘z protezini yaratishga qaror qildi. Bioxaker muhandislarining butun jamoasi bu prototip ustida ishladi. Birinchi ishlab chiqarilgan sun’iy ko‘z shaffof edi - protez ichida simlar va mini kamera ko‘rinib turardi. Endi qurilma oddiy ko‘zga o‘xshaydi, faqat ko‘z qorachig‘i o‘rniga kamera ob’yektivi turadi. Rejissyor o‘zini “ayborg” deb ataydi. U Ford, Absolut Vodka va Volvo kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va atrofda ko‘rgan hamma narsasini ko‘z kamerasi yordamida suratga tushiradi.

Kevin Uorvik

Buyuk Britaniyaning Koventri universitetining kibernetika professori Kevin Uorvik 20 yildan beri chiplar bilan ishlaydi. Uning birinchi implanti eshiklarni ochardi, yorug‘lik va isitishni yoqardi. Biroq keyin olim o‘ziga nisbatan ancha xavfliroq tajriba o‘tkazdi: neyroxirurglar uning bilagidagi asab tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuz boshoqli elektrodli chip o‘rnatishdi. Shundan so‘ng professor qo‘lining barcha harakatlarini qaytaradigan maxsus mexanik qo‘lni boshqara oldi.

Keyingi tajribada maxsus chiplar Uorvik va uning rafiqasi tanasiga joylashtirildi. Professorning ta’kidlashicha, natija elektron telepatiyaga o‘xshaydi: u uzoqdan rafiqasi nima qilayotganini his qiladi. Endi Uorvik falaj odamlarning miyasiga chip o‘rnatishni rejalashtirayapti, shunda ular nogironlar aravachasini tafakkur kuchi bilan boshqara olishga muvaffaq bo‘ladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.