Tarix darsliklariga kiritilmagan g‘aroyib ma’lumotlar: Angliya qirolichasi bir yilda 80 mingdan ziyod tilanchini qatl qildirgan
1. Rossiya imperatori Petr I alkogolizmga qarshi kurashish maqsadida g‘aroyib jazo choralarini qo‘llagan. Jumladan, u mastlar uchun joriy qilgan 7 kilogramlik medalni o‘z xohishicha yechib olisholmagan.
2. Tailand madhiyasi rus kompozitori tomonidan bastalangan.
3. Qator yillar davomida N.Xruщyev AQShning «Pepsi» salqin ichimligining reklama yuzi bo‘lgan.
4. Eng qisqa urush Angliya va Zanzibar davlatlari o‘rtasidagi urush bo‘lgan. U bor-yo‘g‘i 38 daqiqa davom etgan.
5. Arab raqamlarini ilk bor hind matematiklari qo‘llashgan.
6. Eng uzoq davom etgan urush 335 yil davom etgan va unda hech qaysi tomon talafot ko‘rmagan.
7. Yuliy Sezarning laqabi «etik» bo‘lgan. U bundan bir umr g‘azablanib yurgan.
8. XVIII asrgacha Rossiyada bayroq davlat belgisi hisoblanmagan.
9. Sobiq ittifoqda 1941 yilgacha farzandsizlik uchun soliq solingan. U maoshning 6 foizini tashkil etgan.
10. Gitler uchun eng katta dushman Stalin emas, balki urush xronikasini radioda o‘qib borgan boshlovchi Yuriy Levitan bo‘lgan. Natsistlar yo‘lboshchisi uning boshi uchun 250.000 marka va’da qilgan.
11. Fransiya tarixida o‘zini «Xudoning vakili», deb hisoblagan Janna D’Arkga mamlakatni bosqinchilardan xalos qilish nasib etgan.
12. Qadimgi Rimda imperator Avgustning buyrug‘iga asosan uyini 21 metrdan baland qilib qurgan fuqarolar tiriklayin qabrga ko‘milgan.
13. Rim shahridagi Kolizey maydoni tarixdagi eng ko‘p qon to‘kilgan joy sifatida tan olingan.
14. Rus lashkarboshisi Aleksandr Nevskiy «xon» harbiy unvoniga ega bo‘lgan.
15. Napoleon armiyasi askarlariga hatto o‘z qo‘mondonlariga ham «sen» deb murojaat qilishga ruxsat berilgan.
16. Ikkinchi jahon urushida Qizil armiya safida yahudiy millatiga mansub bo‘lgan Semyon Gitler ism-sharifli askar xizmat qilgan.
17. Qadimgi Rusda marvaridlarni tozalash maqsadida ularni tovuqlarga berishgan. So‘ngra tovuqni so‘yib, oshqozonidan chiqarib olishgan.
18. Qadimda grek tilida gapirishni bilmagan har qanday kishi «varvar» deb atalgan.
19. Buyuk Britaniya - Angliya hamda Shotlandiya davlatlarining ittifoqidan so‘ng tashkil etilgan.
20. Aleksandr Makedonskiy Hindistonga qilgan yurishlaridan birida olib kelgan shakar Gretsiyada «hind tuzi» deb atalgan.
21. XVIII asrda termometrlarga simob emas, balki konyak solib ishlatilgan.
22. 1983 yilda Vatikan davlatida bironta ham chaqaloq tug‘ilmagan.
23. IX asrdan XVI asrgacha yashagan angliyalik erkaklar qonunan har kuni kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan.
24. 1666 yilda London shahrida sodir bo‘lgan ulkan yong‘in oqibatida 13.500 dan ziyod uy yonib ketgan.
25. Angliyani 55 yil boshqargan qirolicha Yelizaveta I bir yil ichida 80.000 dan ziyod tilanchi - «bomj»larni qatl qilgan.
Dilmurod TO‘XTAYeV tarjimasi.