Tarixni o‘zgartirgan nom, kashfiyot, ixtirolar
Avvalgi maqolalarimizda kinematografiya, avtomobillar, samolyot kashfiyotlari, shuningdek, fotoapparat, radio, televizor haqida yozgandik. Bu safar ham sizni qiziqtirgan nom, kashfiyot va ixtirolar haqida tanishtirishni lozim topdik.
Kompyuter
Endilikda kompyuter ixtirosi XIX asrga, to‘quv dastgohiga borib taqalishini tasavvur qilish qiyin, lekin aslida birinchi kompyuterlar aynan shu dasturlashtirilgan mashinalar bo‘lib, ular matoga ixtiyoriy ravishda purkatilgan teshik-teshik perfokarta naqshlarni yaratgan. Tarixiy xronikalarda birinchi kompyuterning yaratilishi asnosida angliyalik Charlz Bebbijning ham ismi bor.
Bebbij faoliyati davomida logarifmik jadvallarni hisoblaydigan mashina yasashni o‘zi oldiga maqsad qilib qo‘ygandi. Keyinchalik bu mashina avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar (ayirish-qo‘shish) mashinasi deb ataldi va uning yaratilishi 1822 yilga to‘g‘ri keldi. Aynan shu qurilma birinchi kompyuterning prototipiga aylandi. Tasavvur qilish qiyin, lekin o‘sha ixtironing to‘liq ko‘lamli taxmini faqat 1991 yilda (Bebbijning 200 yillik yubileyiga bag‘ishlab) yakunlandi.
Ayirish-qo‘shish mashinasini kompyuterning asosiy ajdodi deb atash qiyin, lekin ixtirochi yaratgan texnologiyalar hanuzgacha zamonaviy kompyuterlarga joriy etiladi.
Birinchi kompyuterlar ixtirochilari nomiga da’vo qiluvchi yana bir necha nomzodlar bor: Ularning barchasi hisoblash, mashinasozlik, muhandislik kabi insoniyatga foyda keltiradigan sohalarga o‘z nuqtai nazari bilan qaragan, lekin ularning hammasini bitta umumiy maqsad – kundalik hayotda yangi kompyuterlar joriy etish istagi birlashtirgan.
Internet
1836 yilda telegraf va 1876 yilda telefon ixtiro qilinganidan beri odamlar internet ixtirosiga intila boshlagan. Harbiy maqsadlarda kompyuter orqali aloqani rivojlantirish AQSh prezidenti Eyzenxauer tomonidan taklif qilindi. 1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilganidan so‘ng, ARPA ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi tashkil etilib, SSSR dunyo kosmik sanoatini rivojlantirishga undagan bir paytda, amerikaliklar kompyuter texnologiyalarini taraqqiy ettirishga qaror qilishdi.
1962 yilda harbiylar manfaatini ko‘zlab, kompyuter texnologiyalarini tadqiq qilish loyihasiga internet asoschilaridan biri doktor Liklider rahbar etib tayinlandi. Aynan Liklider AQSh Mudofaa vazirligining birinchi kompyuter tarmog‘i – ARPANETning rivojlanishiga asos oldi va 7 yil o‘tgach, tarmoqdagi birinchi “suhbat” qayd etildi.
Tarmoq 1972 yilda namoyish etildi, shundan so‘ng internet yaratish bo‘yicha birinchi g‘oyalar rivojlana boshlandi, birinchi elektron pochta paydo bo‘ldi. 1977 yilda foydalanuvchilar soni 100 nafarga yaqinlashdi, 1984 yilda 1000 dan, 1989 yilga kelib esa 100 000 dan oshdi.
World Wide Web (www) 1991 yilda joriy etildi, 6 yildan so‘ng uning 19,5 million foydalanuvchisi bo‘lardi.
Mobil telefon
Birinchi mobil telefon prototipi 1973 yilda chiqarilgan. Motorola kompaniyasining asosiy ixtirochisi Martin Kuper ushbu qurilma orqali birinchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirdi. Martin kimga telefon qildi deb o‘ylaysiz? Albatta, AT&T firmasidagi o‘z raqibiga.
Navbatdagi texnik kashfiyot habaridan so‘ng bir necha ming kishi portativ telefon sotib olish uchun navbatga yozildi. Hali mavjud bo‘lmagan mahsulot narxi 3995 dollar bo‘lishiga qaramay, iste’mol bozori portladi va 1984 yil bu yangilikni kutish bilan o‘tdi. Butun dunyo bo‘ylab tarmoqlar va uyali aloqa rivojlanib borib, uy telefonlar davri o‘tmishga qarab shoshildi.
Atigi 10-15 yil ichida dunyo turli xil mobil telefonlar bilan to‘lib ketdi, 2007 yilda bozorda iPhone paydo bo‘lganidan so‘ng, ishlab chiqaruvchilar butunlay boshqa texnologik formatga tayana boshladi. Bugungi kunda dunyoda 9 milliarddan ortiq uyali telefonlar qo‘llaniladi, bu dunyo aholisining 86 foizida mobil telefon bor, degani.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.