Tarixni o‘zgartirgan nom va kashfiyotlar

1895 yilning mart oyida Parijda birinchi ommaviy kinofilm namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu aka-uka Lyumerlarning “Ishchilarning fabrikadan chiqishi” filmi edi.

O‘shanda maxsus taklif etilgan tomoshabinlar oq ekranda zavoddan chiqib ketayotgan kishilarni ko‘rib hayratini yashira olmadi.

Tarixni o‘zgartirgan nom va kashfiyotlar rukni ostida jamiyat taraqqiyotiga asos solgan voqea va kashfiyotlar haqida so‘z yuritishga qaror qildik.

Kinematograf

Aka-uka Avgust va Lui Lyumer kino asoschilari va asosiy ixtirochilari hisoblanishadi. “Ishchilarning fabrikadan chiqishi” birinchi filmidan so‘ng ular undan ham mashhurroq “Poyezdning La Syuta stansiyasiga kelishi” filmini suratga olishdi.

Aytgancha, plyonkali lentalarni namoyish qilish birinchi apparati ixtirochisi Jyul Karpante aka-uka Lyumerlar bilan birga yangi texnologiyalar ustida ishlagan. Birinchi namoyishdan so‘ng birodarlar boshqa mamlakatlardan takliflarni qabul qila boshladi, bu esa filmlar suratga olish jarayonining katta tijoratlashuviga olib keldi. 1896 yilning birinchi yarmida London, Rim, Jeneva, Madrid, Sankt-Peterburg, Nyu-York, Kyoln, Melburn va Yaponiyada kino namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Avtomobil

Birinchi mashinalar haqidagi mulohazalar uzoq 1768 yilga borib taqaladi. Aynan o‘sha paytda odamni va og‘ir yuklarni tashishga qodir birinchi bug‘ kuchi bilan ishlaydigan mashinalar ixtiro qilindi. Qirq yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, ichki yonish dvigateliga asoslangan birinchi avtomobillar paydo bo‘ldi va yana 80 yil o‘tgach, gazolin (neftdan olinadigan yonilg‘i turi) yoki benzinli dvigatellar ishlatila boshlandi.

Avtomobillar asoschisi va asosiy ixtirochilari deb bir necha odamlarni aytish mumkin. 1672 yilda Ferdinand Verbest birinchi marta “motor” atamasini qo‘llab, “bug‘li mashina” yaratdi. 1780 yilda rus muhandisi Ivan Kulibin pedallar bilan haydaladigan arava ustida ish boshladi, ammo nemis muhandislari Karl Bens, Nikolaus Otto, Rudolf Dizel va Shenbeyn Fridrix barcha tadqiqotlarni birlashtirib, uni avtomobilga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eng birinchi brend avtomobillar 1908 yildagi Fordning T va 1910 yildagi Bugatti Type modellari edi. Bor-yo‘g‘i 15-20 yildan so‘ng Ostin, Kadillak, Sitroyen, Volksvagen va Rolls Roys va Mersedeslar paydo bo‘ldi.

Samolyot

Samolyot konsepsiyasi va uni loyihalashga urinishlar albatta ulardan oldin ham bo‘lgan, lekin birorta prototip osmonga ko‘tarila olmagan. Dunyoda birinchi bo‘lib barqaror gorizontal parvozni amalga oshirishga qodir bo‘lgan “Flayer-1” samolyoti aka-uka Orvill i Uilbur Rayt tomonidan ishlab chiqildi.

Birinchi parvoz 1903 yilning 17 dekabrida bo‘lib o‘tdi: samolyot 120 funt (36 metr atrofida) masofani bosib o‘tib, havoda bir daqiqadan kamroq vaqt davomida, aniqrog‘i, 12 soniya tura oldi.

Muvaffaqiyatli ishga tushirilganidan bir yo‘l o‘tgach, birodarlar prototipni takomillashtirdi va 1904 yilning 20 sentyabrida aylana bo‘ylab birinchi va yana bir yildan keyin 1905 yilda 39 kilometrli marshrut bo‘ylab parvoz amalga oshirildi.

Bahora tayyorladi.