Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joyida nimalar taqiqlanadi

Harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o‘tish joylarida, piyodalar yaqinlashib kelayotgan transport vositalarigacha bo‘lgan masofani va ularning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng yo‘lning qatnov qismiga chiqishlariga ruxsat etiladi

🚫  Shuningdek, piyodalar o‘tish joylaridan o‘tayotgan  piyodalarga:

👉 telefondan foydalanish;

👉 kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qish;

👉 video tomosha qilish hamda audio eshitish;

👉 e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

⚖️ Mazkur talablarga rioya etmaslik esa piyodalarning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.