Tashqi mehnat migratsiyasi ogohlikka chaqirdi
- 15.11.2022 14:38
- 221
- Xorij
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Unda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joizki, kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik fuqarolarni RF qurolli kuchlariga jalb etish bo‘yicha farmonni imzolagan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa