Tedros Gebreysus: Davlatlar sergak bo‘lishlari zarur. COVID-19 uzoq muddat biz bilan birga bo‘ladi

Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreysus aytdi.

“Biz turli hududlarda turlicha vaziyatlarning guvohi bo‘lyapmiz. G‘arbiy Yevropada kuzatilgan xurujlar barqarorlashdi yoki pasayishni boshladi. Ko‘rsatkichlar oz raqamlarni ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, biroq biz Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Sharqiy Yevropa davlatlarida xavotirli holatlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Ko‘plab davlatlar ayni vaqtda kasallikning boshlang‘ich davrini o‘tkazmoqda. Virus xurujini boshidan o‘tkazgan ayrim davlatlardagi kasallanish holatlari takrorlanmoqda. Xato qilmanglar, biz olis yo‘lni bosib o‘tishimiz lozim. Bu virus uzoq muddat biz bilan birga qoladi”, dedi u.

JSST rahbari dunyo aholisining ko‘p qismi virusga ta’sirchan ekanligini va COVID-19ning yangi xurujlari paydo bo‘lishi xavfi mavjudligini alohida ta’kidladi.