Tel-Avivda tinchlikni qo‘llab-quvvatlovchi miting o‘tkazilmoqda
Tel-Aviv markazida tinchlik va falastin-yahudiy sulhini qo‘llab-quvvatlovchi miting bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlovchi «Shalom Axshav» inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti.
"Hozir Tel-Avivda minglab odamlar «Tenglikka – Ha!", «Falastin-yahudiy sherikligiga – Ha», «Tinchlik uchun – Ha» deya chaqirishmoqda", - deyiladi huquq himoyachilari o‘zlarining Twitterdagi rasmiy bayonotida.
Politsiya ishtirokchilarning aniq sonini aytishga qiynaldi. "Bizda bunday ma’lumot yo‘q. Chunki u yerda to‘liq tartibga rioya etilmoqda", dedi Isroil politsiyasining rasmiy vakili Mixail Zingerman.
Isroil OAV Tel-Aviv markazidagi «Gabima» teatri oldidagi maydonda ham bir necha ming odam yig‘ilganini xabar qildi. Yig‘ilganlarga yozuvchi David Grossman, Isroilning chap va arab partiyalari vakili bo‘lgan siyosatchilar murojaat qilishdi. Namoyishchilar falastinliklar bilan to‘laqonli tinchlik o‘rnatishga chaqirishdi.