Temir yo‘l bekatlarida o‘g‘irlik sodir etgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 iyun kuni soat 00:35 larda Angren bekatida TXTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Angren temir yo‘l bekati, 8-10 temir yo‘l izlari orasida turgan usti yarim ochiq vagonlardan Angren shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan D.T. va 1989 yilda tug‘ilgan O.Q.lar taxminan 500-550 kilogramm ko‘mir mahsulotini tushirib, Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan G‘.R. boshqaruvidagi «HYUNDAI» rusumli avtomashinada noqonuniy yo‘l bilan olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, shu kuni soat 13:40 da Toshkent mintaqasi temir yo‘l TXTBga Bekobod bekati TXTBdan ma’lumot kelib tushdi. Unda Bekobod bekati TXTB xodimlari xizmat hududini aylanib yurgan vaqtida “Xovos-Bekobod” peregonining 32-kilometri 5-6 piketlari oralig‘ida Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O‘.B., 1985 yilda tug‘ilgan Dj.S. va 1991 yilda tug‘ilgan Sh.T.lar 356 kilogramm qora metall parchalarini olib ketayotgan vaqtida ushlangan. Ushbu qora metall parchalari 13-sonli dalolatnoma asosida “O‘zmetkombinat” AJ “Ikkalamchiqorametall” boshqarmasi Bekobod filialiga olib borib topshirilgan.

Holat yuzasidan so‘rishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 4 iyun kuni soat 16:45 da Toshkent mintaqasi temir yo‘l TXTBga Transportda XTB JQBdan ma’lumot kelib tushgan. Unda Transportda XTBB JQB o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish va shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan Angren temir yo‘l bekati va unga tutash bo‘lgan hududlarda olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan D.K. hamda 1989 yilda tug‘ilgan O.Q.lar “Angren” temir yo‘l bekatida turgan ko‘mir ortilgan yuk vagonlaridan 1500 kilogramm ko‘mir mahsulotlarini noqonuniy ravishda talon-toroj qilib, “UAZ” rusumli avtotransport vositasiga yuklagan vaqtlarida aniqlanib, ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.