Tibbiyot niqobi olib kelib berishni va’da qilib, 16 ming dollarga yaqin mablag‘ni olgan firibgar ushlandi
Joriy yilning 24 fevral kuni 43 yoshli A.A. o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Chilonzor tumani TXAY ko‘chasida 32 yoshli B.B.ga Eron davlatidan 2 million dona tibbiyot niqobi olib kelib berishini va’da qilib, B.B.dan 15.950 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni oldindan olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, olgan pullarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.