Tibbiyot niqoblari “Tibbiy buyumlar ro‘yxati”dan chiqarildi
- 21.03.2020 18:48
- 219
- Salomatlik
Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, tibbiyot niqobi amaliyotda qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Ushbu buyruq aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligining oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilindi.
Teglar:
tibbiy niqoblar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa