Tibbiyot sohasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imtiyozlar beriladi?
- 29.06.2019 13:35
- 304
- Salomatlik
"Huquqiy axborot" kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar:
- barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida bepul davolanadi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi;
- viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bepul yordam olish huquqiga ega;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar olish huquqiga ega.
Shuningdek , I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar xususiy tibbiyot muassasalarida (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasalar bundan mustasno) bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Qo‘lingizni bering, akamullo...
- 6 daqiqa avval
- Mutolaa
Meni kechir, jon bolam!
- 15 daqiqa avval
- Mutolaa