Tojikistonda aholi 25 maygacha kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi haqida ogohlantirilmoqda
- 22.05.2019 11:48
- 126
- Xorij
Tojikiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi 22 maydan 25 maygacha bo‘lgan muhlatda ob-havoning noqulay kelishi, kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ib sel kelishi ehtimoli tufayli mamlakatning ayrim hududlarida Favqulodda holat e’lon qilib bu haqda aholini ogohlantirmoqda.
Bunga Tojikiston Gidrometrologiya markazining 22–25 may kunlari mamlakatning aksar hududida kuchli shamol, yomg‘ir, do‘l yog‘ishi, joylarda havo haroratining yilning ushbu paytiga xos bo‘lmagan pastlashi haqidagi xulosalari sabab bo‘lgan.
Jumladan Gidrometrologiya markazi saytida mamlakatning aksariyat hududlarida shamolning tezligi 15/20 m/s ga, ayrim hududlarda esa shamolning tezligi 24/25 m/s gacha kuchayib, bo‘ronlar bo‘lishi haqida ma’lumotlar bergan.
Teglar:
Tojikiston