Tojikistondan olib kelingan katta miqdordagi dori vositalari musodara qilindi
- 04.10.2019 10:52
- 58
- O‘zbekiston
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bojxonachilar Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida joylashgan davlat chegarasi yaqinida qo‘shni mamlakat fuqarosi shubhali yuklar olib ketayotganini sezishgan.
Tekshiruv natijasida ushbu shaxsning yuklari orasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati taxminan 75 million so‘mlik 16 turdagi 6369 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa