Tokioda ikki kun davom etgan jazirama issiq oqibatida 14 kishi vafot etdi
- 14.08.2020 18:02
- 77
- COVID-19

Tokioda kuzatilgan jazirama issiq oqibatida, ikki kun ichida 14 kishi vafot etdi. Bu haqda Teller report nashri xabar berdi.
Tokio tibbiy ekspertiza instituti bergan ma’lumotga ko‘ra, barcha o‘lim holatlari 11-12 avgust kunlari qayd etilgan. Vafot etganlarning 14 tadan 13 tasi uyda vafot etgan, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’sir etmagan. Bundan tashqari, sakkiz nafarining uyida konditsionerlari yoniq bo‘lgan. Vafot etganlarning yoshi 50-90 yosh bo‘lganligi aytilmoqda.
Yaponiya poytaxtida kuzatilgan jazirama issiq oqibatida ikki hafta ichida jami 26 kishi vafot etdi. Mazkur muddat ichida o‘rtacha havo harorati 35 darajagacha ko‘tarilgan.
Teglar:
Tokio
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa