Tokiodagi bekatlarning birida elektr poyezdi relsdan chiqib ketdi

Keisei Electirc Railway kompaniyasiga tegishli bo‘lgan elektr poyezdi Tokioning Aoto bekatida relsdan chiqib ketdi. Bu haqda 12 iyun kuni Kiodo agentligi xabar berdi.

12 iyun kuni ertalab Aoto bekatining Osiage yo‘lagiga kelib to‘xtayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Favqulodda vaziyat poyezd bekatga kelib to‘xtashidan oldinroq sodir bo‘lgan. Voqea vaqtida poyezd ichida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Politsiya xodimlari va Transport vazirligi xodimlari voqea sabablarini o‘rganmoqdalar.