Tolibon ayollardan Kobul aeroportiga ishga qaytishni so‘radi
- 14.09.2021 12:15
- 118
- Xorij
Kobul aeroporti xodimlari, jumladan ayollar ham Tolibon harakati iltimosiga binoan ishga qaytishmoqda, deb xabar berdi Tolo News.
“Bizni ishga qaytishimizni so‘rashganidan xursandmiz. Bundan buyon hukumat maoshimizni to‘lashini istaymiz”, dedi yuzlab aeroportda ishlaydigan ayollardan biri Zahra Amiri.
Lida ismli hamkasbining aytishicha, ular tolibonlar kelganidan keyin ishni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan. “Biz hozir bepul ishlayapmiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, chegara politsiyasi xodimlari ham ishga qaytgan, ammo OAV bilan muloqot qilishni xohlamadi. Tolibon ham izoh berishdan bosh tortdi.
Shunga qaramasdan 15 avgust kuni Tolibon hukumat tepasiga kelganidan buyon davlat xizmatchilarining hali ko‘pchiligi ishga qaytmagan, deb yozadi Tolo News.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 18 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!