«Tolibon»lar vakillari Moskvada Afg‘oniston hududi, tuprog‘i chet davlatlar manfaatiga xizmat qilmasligini ta’kidladi
«Tolibon» delegatsiyasi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vazirligining Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov bilan uchrashdi, deyiladi harakatning ixtiyorida bo‘lgan siyosiy idorasi bayonotida.
"Uchrashuvda Islom amirligi delegatsiyasi ("Tolibon" boshqaruv tizimining o‘zini nomlashi - tahr.) Afg‘oniston tuprog‘i hech kimga qarshi ishlatilmasligi to‘g‘risida o‘z pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi", deyiladi xabarda.
Harakat vakillari, shuningdek, Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, ular qo‘shni davlatlar bilan chegara punktlari odatdagidek ishlashiga ishontirishdi.
Delegatsiyaning Moskvaga tashrifi ikki kun davom etadi. Delegatsiyaga Qatardagi siyosiy idorasi yetakchilaridan biri, Afg‘oniston fuqarolari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shaxabuddin Delavar rahbarlik qildi.
Afg‘onistonda hozir qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan tolibonlar va hukumat kuchlari o‘rtasida qarama-qarshilik avj olmoqda. Eskalatsiya Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning respublikadagi missiyasining muvaffaqiyatsizligini tan olish deb atagan Amerika qo‘shinlarini olib chiqish fonida sodir bo‘lmoqda.
Ba’zi afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga o‘tishdi. Dushanbe Jamoaviy xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (JXShT) ittifoqchilaridan Afg‘oniston bilan bog‘liq muammolarni yengishga va janubiy chegaralarni mustahkamlashga yordam so‘radi.