“Tolibon” qurol-aslahani qayerdan olishini ma’lum qildi
- 08.08.2020 16:05
- 1003
- Xorij
“Tolibon” Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy muloqotlarni amalga oshiradi, harbiy aloqa yo‘q, zaruriy qurol-aslahalarni esa, shu jumladan Afg‘oniston armiyasidan ham oladi. Bu haqda RIA Novosti bilan bo‘lgan suhbatda, tashkilotning siyosiy ofisi vakili Suxayl Shahin ma’lum qildi.
“Bizning siyosiy ofisimiz Rossiya bilan bir qatorda hududdagi qo‘shni mamlakatlar bilan ham aloqada bo‘ladi. Biroq faqatgina siyosiy masalada. Gap harbiy aloqalar haqida bormayapti va biz bunday farazlarni qat’iy rad etamiz”, - dedi Shahin.
“Bizdagi qurol-aslahaga keladigan bo‘lsak, Afg‘onistonda qurol zahiralarimiz mavjud, biz qurolni shu qatorda Qobul ma’muriyatidan ham sotib olamiz – armiyadan... Bizda qurol-aslaha yetarli. Ularni Qobul ma’muriyatidan olganmiz”, - dedi u.