Tolibon to‘ylarga cheklovlar joriy etdi

Tolibon harakati Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqladi, endi erkaklar va ayollar turli zallarda bazm qilishi kerak, dedi "RIA Novosti"ga mehmonxonalardan birining egasi.

Yangi qoidalar Ayollar ishlari bo‘yicha vazirligi o‘rniga tuzilgan Islom yo‘nalishi vazirligi tomonidan to‘ylar o‘tkazuvchi mehmonxona assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda belgilandi.

"Kecha biz tolibonlar bilan uchrashuv o‘tkazdik. Ular mehmonxonalarda to‘y o‘tkazishga cheklovlar qo‘yishdi. Endi mehmonxonalar xarob bo‘lishi aniq", - deydi uchrashuvda qatnashgan mehmonxona egasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi ayollar uchun zalga faqat oila a’zolaridan bo‘lgan erkaklar kirishi mumkin. Erkak va ayollarga birgalikda raqsga tushish va musobaqalarda qatnashish taqiqlangan, shuningdek tantanalarda spirtli ichimlik iste’mol qilish man etilgan, deya qo‘shimcha qildi u.