Tolibonlar Qobul yaqinidagi qizlar maktabini yoqib yubordi

“Tolibon” ekstremistik harakati jangarilari Qobul yaqinidagi qizlar o‘rta maktabini yoqib yubordi. Ta’lim muassasasi Afg‘oniston poytaxtidan 25 km uzoqlikda joylashgan.

Bu haqida ToloNews telekanali mamlakat Ichki Ishlar Vazirligining rasmiy vakili Nusrat Raximi bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi. Tolibonlar Nasiri qishlog‘ida joylashgan maktab binosiga 20 avgust, seshanba kuni soat 01:30 larga yaqin vaqtda o‘t quyishgan. Yetkazilgan zarar oqibatida 22 ta sinf xonalari shikastlangan, 1500 donadan  kam bo‘lmagan maktab darsliklari yonib ketgan. 

O‘rta maktabda atrofdagi qishloqlardan 700 ga yaqin qizlar o‘qishardi. “Tolibon” vakillari  bo‘lib o‘tgan hodisaga aloqalari yo‘qligini ma’lum qilishgan.