Tomskdagi yong‘inda 11 kishi qurbon bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda

21 yanvar kuni Tomsk viloyati Asinov tumanida (Rossiya) yuz bergan yong‘in oqibatida 11 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yong‘inning umumiy maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan. Uni o‘chirishda 19 kishi va 6 ta texnika ishtirok etgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida binodan 11 kishining jasadi topilgan.

Tomsk FVV xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, kuyib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda "Grinvud" MChJ yog‘och tayyorlov kompaniyasining 12 xodimi yashagan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

FVVning dastlabki xabarlariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin.

Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.