Tongda yoqqan kuchli yomg‘ir Samarqand viloyatining tog‘li tumanlarida sel kelishiga sabab bo‘ldi

Bugun 5 aprel kuni juma tongida yoqqan yomg‘ir Samarqand viloyatining tog‘li tumanlarida kuchli sel kelishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Urgut, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Ishtixon tumanlarida soylar to‘lib suv oqqan.

Eng kuchli sel Qo‘shrabot tumanidan Ishtixondagi Oqdaryoga kelib quyiladigan soy irmog‘ida oqqan va suv soy o‘zanidan toshib chiqib ketgan. Bu haqida «Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida Anvar Shermatov ismli foydalanuvchi ma’lum qilib o‘tdi.

Natijada Ishtixonda qurilgan namunali yangi uylar atrofi suv bilan qoplangan.