Musulmonlar dunyoga bergan ixtirolar
Sivilizasiyaning afzalliklariga duchkelganimizda, ba’zida ularning kelib chiqishiqanday sodir bo‘lgan ekan, degan o‘yga botamiz.Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘rganib qolgan narsalarningko‘pchiligi musulmon olamida ildiz otgan, shundan keyingina u yerdan Yevropaga muvaffaqiyatli ko‘chibo‘tgan.
Kofe (Qahva)
Bir rivoyatga ko‘ra, Efiopiya janubidagi Kaffaqishlog‘ida qo‘ylarini boqib yurgan Xolid ismli arab qo‘ylari allaqanday rezavor mevani iste’mol qilganida kuchga to‘lib qolganini payqagan. U bu mevalarni yig‘ib olib, o‘zining birinchi qahvasini pishirdi.
Efiopiyadan Yamanga qilingan donlar eksporti haqidagi birinchi ma’lumotlar kofe eksporti bilan bog‘liq. XV asrda u Makka va Turkiyaga olib kelingan, u yerdan 1645 yilda Venesiyaga yetib borgan. Angliyaga yanchilmagan kofe 1650 yilda turkiyalik Paskua Rosi (Pasqua Rosee) tomonidan olib kelingan va aynan u Londonning Lombard ko‘chasida o‘zining birinchi qahvaxonasini ochgan. “Qahva” so‘zining “yo‘l”i ancha uzun: arabcha “qahwa”turkcha “kahve”ga aylandi. Italiyaliklar uni “caffye” deb qabul qilishgan, inglizlar “coffee”, ruslar esa “kofe” so‘zini o‘ylab topishgan.
Kamera
Qadimgi yunonlar ko‘zlar yorug‘lik chiqaradi va odamlar shu tufayli ko‘ra oladi, deb ishonishgan. Yorug‘likning haqiqatda ko‘zlarga kirib borishida X asrda yashagan musulmon matematigi, astronom va fizik Ibn al-Haytam (Ibn al-Haitham) anglab yetgan.
Yorug‘lik tirqishlar orqali kirib borishini kuzatar ekan, u yoriqlar qanchalik kichik bo‘lsa, tasvir shunchalik yaxshi ko‘rinib turishini payqadi va birinchi obskurativ kamerachasini (“qamara” arabchada “qorong‘i yoki alohida xona” degan ma’noni anglatadi) ixtiro qildi. Shuningdek, al-Haytam birinchi bo‘lib fizikani falsafiy fan toifasidan eksperimental fanga o‘tkazgan deb ishoniladi.
Shaxmat
Shaxmatni qadimgi hindistonliklar o‘ynagan, biroq ularning o‘yini biz bilganimizdan sezilarli darajada farq qilar edi. Shaxmatning zamonaviy versiyasi qadimgi Forslar tomonidan ixtiro qilinib, u yerdan g‘arbga tomon, Yevropabo‘ylab tarqaldi: X asrda o‘yin Ispaniyaga Mavrlartomonidan olib kirildi.
Parashyut
Amerikalik aka-uka Raytlardan ming yil oldin, uchar asbob yaratish g‘oyasi musulmon shoiri, astronom va muhandis Abbos ibn Firnasga kelgan. 852 yilda u yog‘och taxtalar yopishtirilgan erkin tebranadigan plash kiygan holda masjid tomidan sakradi. Firnas qushdek uchib, yerga qo‘nishga umid qilgandi, ammo bunday qila olmadi.
Plash parashyutga o‘xshash narsaga aylanib, tushishni sekinlashtirdi. Olim biroz qo‘rqqanini hisobga olmasak, mayda jarohatlar bilan qutuldi. 70 yoshida asbobini takomillashtirgan Firnas tog‘dan sakrab, urinishini takrorladi. O‘shanda u10 daqiqa davomida havoda qolishga muvaffaq bo‘ldi, lekin qo‘nayotgan paytida qulab tushib halokatga uchradi.
Sovun va shampun
Kundalik toza yurish Islom dini talablaridan biridir. Ehtimol, shuning uchun musulmonlar sovun resyeptini yaxshilash bilan band bo‘lgan. Ma’lumki, qadimgi misrliklar va rimliklarning shunga o‘xshash vositalari bo‘lgan, ammo o‘simlik moylarini natriy gidroksid va aromatik birikmalar bilan aralashtirish g‘oyasini aynan arablar ilgari surgan. Shampun musulmon kishi Angliyaning Brayton shahrida hammom ochganda (1759 yil) paydo bo‘lgan.
Zamonaviy kimyo vositalari
Alkimyoni kimyoga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan olim Jobir ibn Hayyon (Jabir ibn Hayyan) IX asrda zamonaviy ilm-fanda qo‘llanib kelinayotgan distillash, kristallanish, eritish, tozalash, oksidlanish, bug‘lanish va filtrlash kabi jarayonlar hamda sulfat va nitrat kislotalarni kashf etdi. Hayyon, shuningdek, alkogolli ichimliklar va parfyumeriya ishlab chiqarishda ishlatiladigan xushbo‘y hidlarni beradigan apparatni ixtiro qilgan.
Tirsakli val
Turk Muhandisi Al-Jazoriy (al-Jazari 1136-1206)eng muhim mexanik ixtirolardan biri, hozir ham zamonaviy texnikaning asosiy qismi bo‘lib xizmat qiladigan qurilmani yaratgan, dastlab u ekin maydonlarini sug‘orishda ishlatilardi. Muhandisning kitobidan ma’lum bo‘lishicha, u klapanlar va jo‘mraklarni ixtiro qilgan yoki takomillashtirgan, birinchi mexanik soatni ishlab chiqqan. Al-Jazoriyni robototexnikaning otasi deb hisoblash mumkin. Kodli qulflar ham uning ixtirosidir.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.
(Davomi bor)