Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari muhokamaga qo‘yildi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish tariflari quyidagicha:
Xizmat turlari, o‘lchov birligi, narxi
1. Tegishli diniy konfessiya qabristonlarida fuqarolarga (tashkilotlarga) dafn uchun uchastkalar berish metr kvadrati bepul.
2. An’anaviy musulmoncha go‘r qazish:
• katta (1x1 metr chuqurligi 1,5 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,5x0,6 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 2 metr, eni 1 metr va balandligi 1,1 metrlik laxat) 1 go‘r 115000 so‘m;
• kichik (0,6x0,8 metr chuqurligi 0,7-0,8 metrlik* ayvon, qibla tomon chap burchagidagi 0,3x0,4 metrlik tuynuk, tuynuk orqali uzunligi 1-1,4 metr, eni 0,4-0,5 va balandligi 0,4 metrlik laxat) 1 go‘r 45000 so‘m.
3. Qabristonlarda boshqa dinga mansublar uchun go‘r qazish:
- katta (uzunligi 2 metr, eni 1 metr, chuqurligi 1,5 metr* tobut (grob) qopqog‘igacha) 1 go‘r 90000 so‘m;
- kichik (uzunligi 1-1,3 metr, eni 0,5-0,6 metr, chuqurligi 1-1,5 metr* tobut (grob) qopqog‘igacha) 1 go‘r 45000 so‘m.
4. Raqamli ustuncha dona – 30000 so‘m.
5. Musulmon diniga mansublar uchun tobutlar tayyorlash:
1,9 metr dona – 1.200 000 so‘m (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum).
6. Sartaxta dona – 950 000 so‘m (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum).
7. Taxtalik transport qutisi tayyorlash:
1,9 - 2,2 metr dona – 700 000 so‘m (ijara yoki sotib olish ekani noma’lum).
8. Zichlangan tola qog‘ozlik tobut (grob) tayyorlash:
- 1,7 - 1,75 metr dona – 170000 so‘m;
- 1,8 - 1,85 metr dona – 200000 so‘m;
- 1,9 - 2,2 metr dona – 220000 so‘m.
9. Zichlangan tolali qog‘ozdan tayyorlangan tobutni (grob) ruxlangan tunuka bilan qoplash:
1,9 - 2,2 metr dona – 350000 so‘m.
10. Ruxlangan tobutlar (grob) uchun taxta sinchli zichlangan tolali qog‘ozdan transport qutisi tayyorlash:
1,9 - 2,2 metr dona – 500000 so‘m.
11. Maxsus transportdan foydalanish:
PAZ – 672, "OTAYOL" M – 24, "FOTON" 1 soat – 60000 so‘m.
12. Yodgorlikni qabr ustidan buzib olish to‘plam – 250000 so‘m.
13. Gulchambarlar tayyorlash:
- dumaloq (1,6 x 1,2 mert) dona – 230000 so‘m;
- kichik romb (1,25 x 0,75 metr) dona – 100000 so‘m.
14. Eksgumatsiya ishlarini amalga oshirish:
Fuqarolar arizasiga asosan va tegishli mutasaddi tashkilotlarning ruxsati bilan 1 qabr – 100000 so‘m.
* Izoh: Qabrning chuqurligini belgilashda dafn etish usuli, diniy xususiyatlar va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi.
Loyiha muhokamasi 21 yanvargacha davom etadi.