Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ziyolilar, Ziyokorlar va bog‘bonliklar hasharda qatnashdi

Erta tongdan Samarqand shahridagi "Nayman" qabristonida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan boshlandi.

- Mahallamizda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjid va qabristonlarni obod saqlash, tozalashga alohida e’tibor qaratib kelinadi, - deydi Ziyolilar mahallasi raisi Xusen Rasulov. - Bugungi hasharda ham Ziyokorlar va Bog‘bonlar mahallalaridan 200 ga yaqin aholi ishtirok etmoqda. Ayniqsa, bu xayrli ishda yoshlar faol.

Hashar doirasida 4,5 gektar maydonga ega qabriston va uning xududi tartibga keltirilmoqda. Ariqlar va yo‘laklar tozalanyapti, shox-shabba va chiqindilar olib tashlanyapti.

Bahriddin XONKELDIYEV.