Toshkent shahridan Orolbo‘yi mintaqasiga yo‘lga chiqqan “Madaniyat karvoni” Samarqandda bo‘ldi
Madaniyat hamda Turizm va sport vazirliklari, Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Madaniyat karvoni” shiori ostida tadbirkor va blogerlar Orolbo‘yi mintaqasi tomon yo‘l oldi.
Ertalab Toshkentdan yo‘lga chiqqan “Toshkent-Orol rallisi” ishtirokchilari yo‘l tanlamas avtoulovlarda Samarqandga keldi.
Ishtirokchilarni viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i X.Muhammadiyev va mas’ullar Samarqand shahridagi Ulug‘bek rasadxonasida kutib oldi.
"Madaniyat karvoni" 21 maydan 28 mayga qadar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Nukus, Mo‘ynoq, Orol, Chimboy ko‘li, Aydarko‘l kabi manzillarda bo‘lishadi.
Mazkur loyiha doirasida rang-barang dasturlar o‘tkazilishi bilan birga IFNC – (Xalqaro milliy liboslar festivali) hamkorligida, Ispaniyaning "Azucar Moreno" brendi va O‘zbekistonning “Dil orom” milliy liboslar brendlarining "Etno Orol" nomli fotosessiya jarayonlari ham tashkil etiladi.
Shuningdek, 23-30 may kunlari Madaniyat vazirligi hamda "ZO‘R TV" telekanali hamkorligida Nukus shahrida “Omadli sayohat” teledasturi tasvirga olinadi.