Toshkent shahridan talaba-yoshlarni olib kelish uchun beminnat avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
- 17.03.2020 15:03
- 131
- Samarqand
Bugun ham Toshkent shahridan o‘z manzillariga oshiqqan yo‘lovchilar oqimi ortib bormoqda.
Samarqand viloyati hokimi tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni hamda Toshkent shahrida bo‘lib turgan samarqandliklarni viloyat transport boshqarmasi tomonidan bepul olib kelish choralari ko‘rildi.
2020 yil 18 mart kuni soat 9.00 va 10.00 da “Toshkent” avtoboshbekatidan Samarqand shahriga homiylar ko‘magida bepul avtobuslar yo‘lga chiqadi.
Hurmatli samarqandliklar! 18 mart sanasida Toshkent avtoboshbekatiga kelib, ko‘rsatilgan vaqtlarda yo‘lga chiquvchi avtobuslardan foydalaning.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
avtobus qatnovi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa