Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga ixtisoslashmagan bozorlar yopiladi
- 23.03.2020 15:55
- 150
- Dolzarb

Karantin talablariga rioya etmay, xo‘randalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.
Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.
Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.
Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.