Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks chempionatida Qozog‘iston ishtirok etmaydi

20 yanvar kuni 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatida qozog‘istonlik bokschilar ishtirok etmaydi, deya xabar bermoqda Sports.kz.

Manbada yozilishicha, bu haqda boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Kayrat Satjanov ma’lum qilgan:

"Oxirgi voqealar munosabati bilan Qozog‘istonda barcha sport yig‘inlari va musobaqalardagi ishtirok bekor qilindi", - dedi u.

Ta’kidlash kerakki, bungacha qozog‘istonlik bokschilar jamoasi oldiga chempionatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan edi.