Toshkentda samarqandlik erkak sha’riy nikohdagi xotini pichoqlab o‘ldirdi

Xotining uydan haydab chiqargani va u bilan boshqa birga yashamasligini bildirgani ortidan ushbu qotillik jinoyati sodir etildi.

1978 yil 25 sentyabr kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan Qobilov Yoqubjon Eshmatovich (Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 2002 yil 4 martdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (JK) ning 266-moddasi 1-qismi, 117-moddasi 1-qismi bilan JKning 59-moddasi tartibida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 2003 yil 18 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan sudlangan) Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 15-mavze, 12-uy, 55-xonadonda sha’riy nikohiga olib Mahliyo Mahamatjon qizi bilan 2017 yilning yozidan boshlab yashab kelgan.

“Jahon.uz” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Yoqubjon va Mahliyo yashash vaqtlarida rashk sabab o‘zaro janjallashib kelishgan. Davomli kelishmovchilikdan so‘ng, Mahliyo o‘z onasi I. Kubijonovaga tegishli bo‘lgan xonadondan Yoqubjonni haydab chiqarib yuborgan va bir boshqa yashamasligini bildirib, uyiga qaytarib kirgizmagan.

Bundan darg‘azab bo‘lgan Yoqubjon oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Uchtepa tumani, 15-mavze, 16-uy oldidagi avtoturargoh oldida Mahliyoni uydan chiqishini poylab turib, Mahliyo uydan chiqib avtoturargohda turgan “Lasetti” rusumli, 01 N 006308 davlat raqamli avtomashinasiga kelib o‘tirgan vaqtida, Yo.Qobilov uning ortidan avtomashina oldiga kelib, o‘ng qo‘lidagi oshxona pichog‘ining yog‘och dastasini to‘mtoq qismi bilan avtomashinaning haydovchi old chap eshigi oynasini urib sindirib, so‘ngra tanasining bosh qismi bilan avtomashinaning singan oynasidan saloniga kirgani holda qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan sha’riy turmush o‘rtog‘i Mahliyoning tanasini bo‘yin va boshqa sohalariga bir necha marta urib qasddan o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmiga ko‘ra, Yo.Qobilovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 14 yil ozodlikdan mahrum qilindi.