Toshkentdagi YTHda tez tibbiy yordam avtomashinasi ag‘darilib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun 14 aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahri, Olmazor tumani Nurafshon-Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.