Toyloqda ikki bola suvga cho‘kib ketdi

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Norqo‘zi Norboyevning bir vaqtni o‘zida ikki farzandi suvda cho‘kib o‘ldi. Bu haqda “Human.uz” sayti muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Javohir va Shohjahon Jo‘raqulovlar o‘rtoqlari bilan o‘tgan shanba kuni uyi atrofidagi daraxtzor ichidagi hovuzga borishgan va unga cho‘kib ketgan.

Mahalliy aholining aytishicha, ushbu hovuzda hamisha bir, bir yarim metr atrofida suv bo‘lgan. Shu vaqtga qadar hech kim cho‘kmagan yoki talofat ko‘rmagan. Joriy yil seryomg‘ir bo‘lgani bois, unda suv ko‘paygan va tagi botqoq bo‘lib qolgan.

Taxmin qilishlaricha, bolalar shu tufayli qurbon bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bolalar fojiasi haqida ularning otasiga o‘rtoqlari xabar bergan.